Samarqand tumaniga press-tur tashkil etildi

Samarqand tumanida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Samarqand viloyatida arxiv ishi va ish yuritish holati bo‘yicha “Samarqand viloyati arxiv muassasalariga tashrif” mavzusida press-tur o‘tkazildi.

Tadbirda jurnalistlarga O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev tomonidan Samarqand viloyati hamda Respublikadagi davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berib bordi.

Tuman davlat arxivi direktori D.Kadirov hujjatlarni restavrasiya qilish laboratoriyasi, hujjatlarni ta’mirlash jarayoni, ta’mirlashda ishlatiladigan xom-ashyolar va dastgohlar bilan ishlash, Milliy arxiv fondining Davlat katalogini yuritish ishlari bilan tanishtirdi.

Press-tur yakunida Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov 2021 yilda davlat arxivlarida amalga oshirilgan islohatlar hamda 2022 yilda belgilab olingan rejalar yuzasidan axboroti tinglandi.

Jumladan, Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida  bugungi kunda      7 ta davlat arxivi, 1 ta davlat arxivining filiali va 12 ta shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari  tomonidan  arxiv xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida  jami 224 ta xodimlar faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa shundan, 123 nafar erkaklar, 101 nafar ayollar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan 30 yoshgacha bo‘lgan hodimlar 34 nafar yoshlarni tashkil etadi.

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi viloyat, shahar va tuman  arxiv muassasalarida 131 ta kompyuter to‘plamlari, 52 ta printer, 33 ta zamonaviy  skanerlar bilan jixozlangan.

Jismoniy va yuridik shaxslarga qulayliklar shart-sharoyitlar yaratish maqsadida barcha arxivlarda alohida fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud.

Ish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida internet tezligi oshirish uchun viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalari bosqichma-bosqich optik tolalari aloqa liniyalariga ulanmoqda.

 Bugungi kunda  viloyat, shahar va tuman  arxiv muassasalarida  12600 ta fondda  1 mln         542 ming 524 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Shundan  asosiy faoliyatga oid hujjatlar 890 ming 113 saqlov birligini, shaxsiy tarkib hujjatlari esa 646 ming 582 saqlov birligini, shaxsiy kelib chiqish  hujjatlari 5 ming 155 saqlov birligini hamda ilmiy- texnikaviy va tibbiyot hujjatlari 674  saqlov birligini tashkil etadi.

Viloyat  arxiv  ishi hududiy boshqarmasining Ekspert tekshiruv komissiyasi (ETK) tomonidan davlat arxivining asosiy jamlash manbai bo‘lgan  viloyatdagi 114 ta tashkilot, korxona va muassasalarning ichki normativ hujjatlari (Yig‘majildlar nomenklaturasi, Ish yuritish yo‘riqnomasi, Ekspert komissiyasi nizomlari, Idoraviy arxiv nizomi) ko‘rib chiqilib kelishib berildi.

Shuningdek, 2021 yil davomida qog‘oz asosidagi o‘ta qimmatli hujjatlarni aniqlash va ularning elektron nushalarini yaratish ishlarini olib borishda arxivlarda  o‘ta qimmatli xujjatlardan 3587 saqlov birligidagi 896 649 ta kadrdan iborat hujjatlar elektron nusxalar yaratilib, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan joriy etilgan (e.archive.uz) elektron tizimiga bosqichma-bosqich kiritilib borilmoqda.

Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi viloyat, shahar va tuman davlat arxivlarida 2020-yil noyabr oyidan boshlab yagona elektron hujjat aylanish (arxiv.ijro.uz app.ijro.uz)  tizimi joriy etildi.

Viloyat arxiv muassasalari Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2021 yil davomida viloyat, tuman va shahar muassasalarida jami 62 998 ta, Shundan  44 557 ta  ijtimoiy huquqiy, 18 441 ta mavzuli  so‘rovlar kelib  tushdi. So‘rovlar belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, ularning 56 294 tasi  ijobiy hal etildi.

Shundan 46 311  nafar fuqarolarga viloyat arxiv muassasalari tomonidan bepul arxiv xizmati ko‘rsatildi. Davlat arxivlarining o‘quv xonalarda joriy yilda 69 nafar tadqiqotchilar ish olib bordilar, ularga 145 saqlov birligidagi hujjatlar taqdim qilindi.

Samarqand tuman davlat arxivi tomonidan 25 dona zamonaviy mobil javonlar sotib olib o‘rnatildi. Shuningdek, Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i tomonidan “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yilda viloyatdagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha shaxsiy sayyor qabul jadvaliga  muvofiq  viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalarida sayyor qabul o‘tkazilib, jami 114 fuqarolarni murojaatlari ko‘rib chiqilib tegishli tartibda hal qilindi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM