Samarqand tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida “Tadbirkorlarning murojaatlari qonuniy hal etilyaptimi?” mavzusida so‘z bordi

“Agrobank” ATB Samarqand filiali tomonidan 2021 yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va savdo tashkilotlariga yil davomida jami 78 ta yuridik tashkilotlar murojaati asosida 12 692 000 000 so‘m, jismoniy shaxslarga 301 ta fuqaroga jami 11 746 000 000 so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan. Bank tomonidan 31 ta tadbirkorga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun jami 7 860 000 000 so‘m, 12 ta tashkilotga 3 240 000 000 so‘m, parrndachilikni rivojlantirishga va 35 ta tashkilotga boshqa maqsadlar uchun 1 592 000 000 kredit mablag‘lari ajratilgan.

Jismoniy shaxslarni kreditlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “Iste’mol krediti”, “Ipoteka krediti” va har bir oila tadbirkor davlat dasturi doirasidagi qonunlarga asosan aholining jumladan, yosh oilalarning turmush sharoitini yaxshilash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

2021 yil 4-chorak davomida bank tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish uchun ixcham issiqxona qurish ko‘chat va urug‘ sotib olish uchun 301 ta fuqaroga jami 11 746 000 000 so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.

Bundan tashkari 66 ta fuqaroga tayyor uy-joylarni sotib olish maqsadida ipoteka kreditlari 16 201 000 000 so‘mni tashkil qilmokda va aholining o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun mikroqarz va istemol kreditlari 141 ta fuqaroga 1 209 000 000 so‘m ajartilgan.

Anjumanda boshqa banklar tomonidan ham tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga ajratiyotgan kreditlar va ularning murojaatlari qonuniy hal etilayotgani aytib o‘tildi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM