Ichki ishlar organlari xodimlari “Biz bilmagan muhlislar” loyihasida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur qaror doirasida Samarqand tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan bir qator tashkilot va muassasalar bilan hamkorlik memorandumlari imzolanmoqda. Doimiy hamkorlikda madaniy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Samarqand tumanida joylashgan “Yosh kitobxon” maskani bilan ham hamkorlik memorandumi imzolangani fikrimizning yaqqol isboti bo‘ldi. Samarqand tuman Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibining bilimini oshirish va ma’naviyatini yanada yuksaltirish maqsadida xodimlar ushbu maskanga a’zo bo‘lishdi.
Bundan tashqari ushbu maskanda “Biz bilmagan muhlislar” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad dastxat qo‘yilgan kitoblardan iborat kutubxonani yaratish bo‘lib, loyixada o‘tmishdan bugungi kunga qadar ota-bobolarimiz, ustozlarimiz tomonidan keyingi avlod uchun qoldirgan nodir asarlarni yig‘ish, ma’naviy ozuqa sifatida innovasion usullar yordamida yoshlarimizga tortiq qilishdan iborat.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM