Sudyalar sayyor qabul o‘tkazdi

Bugungi kunda har bir rahbar xalq bilan birga yashab, halq bilan birga uning dardi, muammolarini tinglab, o‘rganib, muammolarni joyida hal etishga harakat qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Zero zamon va davr talabi shuni taqozo qilmoqda.
Shu qatori sudyalar ham hududlardagi aholi bilan uchrashib, ularning muammolarini tinglab, o‘z yo‘nalishidagi muammolarni joyida hal qilish maqsadida sayyor qabullarni o‘tkazib kelmoqda. Shunday uchrashuvlardan biri Samarqand tumanida bo‘lib o‘tdi.


Unda viloyat sudi sudyalari Muxiddin To‘xtayev, Umidjon Eshqobilov, Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toyloq  tumanlararo sudi sudyasi Yulduz  Muxammadiyeva, iktisodiy sudi raisi O‘ktam Murodov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining raisi Nodir Rajabov hamda tuman hokimining o‘rinbosari Madina Baratova ishtirok etdi.
Qayd etish kerakki  mamlakatimizda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, soha vakillari tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlar eng avvalo, fuqarolarning turmush farovonligini yaxshilash, ularning huquqiy bilimlarini yuksaltirish, bugungi kundan rozi bo‘lib yashashlariga xizmat qiladi.


Qabulga 50 ga yaqin fuqaro ushbu soha vakillaridan o‘z muammolarini tinglashi va adolatli yechim topishida umid bildirib kelishdi. Sudyalar tomonidan har bir fuqaroning arzi tinglandi. Ularga huquqiy tushuntirish berildi. Ayniqsa, oilalarda ajrimlarni oldini olish, nizoli oilalar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida huquqiy-psixologik maslahatlar berildi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM