Samarqanad tumani Qaynama mahallasida qirqqa yaqin masala o‘rganildi

Tuman hokimi, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirokida o‘tgan sayyor qabulda qaynamaliklarni qiynab kelayotgan ko‘plab muammolar o‘z yechimini topadigan bo‘ldi.


Xususan, qabulga kelgan Ismoil Mavlonov mahallada elektr energiyasida tez-tez uzulishlar bo‘lib turishini ta’kidladi. Rahbarlar hududdagi eskirgan transformatorni almashtirish orqali muammo yechilishini qayd etib, mutasaddi xodimlarga tegishli topshiriqlar berdi.
Shundan so‘ng Sitora Dehqonova xonadonini ta’mirlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. 4-sektor rahbari F.Nizomov masalani o‘zi o‘rganishini va amaliy yordam berishini bildirdi. Bundan tashqari ichki yo‘llarni ta’mirlash, ishga joylashtirish, moddiy yordam ajratish masalalari to‘g‘risida ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.


Qabul davomida Nayman mahallasi xotin-qizlar faoli faolyatidan norozi fuqarolar ham kelib murojaat qilishdi. Tuman hokimi bu masalada alohida o‘rganish olib borilishini ta’kidladi. Shu tariqa qirqqa yaqin murojaatning har biri alohida o‘rganilib, ayrimlariga sektor rahbarlari tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

2015-2022 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM