39-umumta’lim maktabi yangi ko‘rinishga ega bo‘ladi

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni alohida mas’uliyat va talabchanlikni taqazo etmoqda. Chunki ta’limga bo‘lgan e’tibor ham yildan yilga ortib bormoqda.
Albatta, maktablarda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun o‘quv qurollari, adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlanishi zarur. Shu bilan bir qatorda ta’lim dargohining zamon talablari darajasida ta’mirlanishi katta ahamiyatga ega.
Tuman hokimi, sektor rahlarlari, tadbirkorlar, soha vakillari hamda mahalla faollari ishtirokida tumandagi 39-umumta’lim maktabida o‘tgan uchrashuvda ushbu masala muhokama qilindi.


Uchrashuvda birinchi navbatda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi. Bino ta’mirtalab bo‘lganligi sababli yangi o‘quv yiliga qadar tubdan yangi ko‘rinishga ega bo‘lishi, buning uchun kerakli chora-tadbirlar ko‘rilishi ta’kidlandi. Bu boradagi ishlarga tadbirkorlar homiylik qilishini bildirishdi.

2015-2022 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM