Qo‘shtamg‘alida seminar tashkil etildi

Bosh Qomusimiz xalqimiz huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. Mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanishida muhim omil bo‘lib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi fuqarolarga erkin va farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda.
Shu kunlarda konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish borasida joylarda tashkil etilayotgan seminarlarda shu kabi fikrlar ilgari surilmoqda.
Xususan, Samarqand tumani Qo‘shtamg‘ali mahallasida tuman hokimi, tuman Kengashi kotibiyat mudiri, hokimlik xodimlari ishtirok etgan seminarda asosiy qonunimizda birinchi navbatda shaxs manfaatining davlat manfaatidan ustun etib belgilangani, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo‘yilganini alohida ta’kidlandi.


Unda tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bunyod Yarashev seminar ishtirokchilariga Konstitusiyaviy qonun loyihasi va bu borada amalga oshirayotgan ishlar, tuzatishlar, kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM