Kuchli jamoalar e’tirof etildi

Bugun Samarqand tumanidagi 29-mumumta’lim maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha tuman bosqichi o‘tkazildi. Unda 16-21, 22-26 yosh toifasida o‘g‘il va qizlar bahslashdi.

O‘zining iqtidori va tirishqoqligi, jamoaning ahilligi evaziga Jo‘yi Abbos mahallasining 16-21 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 22-26 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar kurashida Yangiobod mahallasi jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Gʻoliblarni tuman hokimi Sirojiddin Usmanov, tuman DXX vakillari munosib taqdirladi. Tuman rahbari jamoalarning mehnatini e’tirof etib, viloyat bosqiichida muvaffaqiyatli ishtirok etishiga katta umid bildirdi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM