Samarqand tumanida 47 million so‘m qarzdor ota jazoga tortildi

Byuroning Samarqand tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloqtumanlararo sudining2020 yil 14avgustdagi qarori bilanqarzdor M.T.dan undiruvchi U.N. foydasiga uch nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ikkidan bir qismi mikdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Anchadan buyon alimentdan qarzini to‘lamagan qarzdorning qarzdorligi bugungi kunga kelib 47 mln. 723 ming so‘mga yetgan. Olib borilgan ijro harakatlari natijasidaqarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 47-(4)-moddasiga asosan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqandtuman sudining qaroriga asosan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Sadriddin SALOHIDDINOV, 
Byuroning Samarqand tuman 
bo‘limi davlat ijrochisi.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM