Favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan o‘quv mashqi o‘tkazildi

Samarqand tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xizmatlarining favqulodda holatlarga tayyorgarligini oshrish uchun maxsus - taktik o‘quv mashqi tashkil etildi.
Unda Samarqand tumani hokimi - Fuqoro muhofazasi boshlig‘i S.Usmanov hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Qayd qilinganidek, qish mavsumi hamda kirib kelayotgan Yangi yil bayramini xavfsiz o‘tkazish, sodir bo‘lishi mumkun bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olishda har bir xodim shay holatda bo‘lishi zarur.
Tadbirda favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududdan fuqarolarni evakuasiya qilish holatlari tekshirildi. Yog‘ingarchilik vaqtida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish, qidiruv-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish borasida tabiiy va texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlarga shaxsiy tarkibning tayyorgarlik holatlari o‘rganib chiqildi. 
Shunungdek ishtirokchilar transport vositalari va texnik jixozlarning soz holatda ekanligini ko‘zdan kechirdi.
 

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM