Taraddud

Bahor faslining kirib kelishiga ham sanoqli kunlardan qoldi. Bu faslda dalada dehqonchilik ishlari avj oladi, albatta.

Ammo hozir ham dehqonlar tinib o‘tirishgani yo‘q. Kelgusi yil hosili uchun puxta taraddud ko‘rishmoqda.

Shu kunlarda barcha fermer xo‘jaliklarda dalaga mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, ariq va zovurlarni tozalash ishlari amalga oshirilyapti.

Xususan, Chordara MMTP hududidagi “Abubakr” va “Rozikov Jamol saxovati” fermer xo‘jaliklari ishchilari ariq va zoqurlarni tozalash ishlariga shijoat bilan qo‘l urishgan.

2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM