Samarqand tumanida ishsiz fuqarolarga yer berildi

Shu munosabat bilan Samarqqand tumani Ipakchi MMTP hududidagi “Shahnoza Komila Azizjon” fermer xo‘jaligida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Seminarda ishtirokchilar sabzavot hamda dukkakli ko‘chat va urug‘liklar, ularni parvarish qilish usullari bilan tanishtirildi.


Shundan so‘ng, g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarga takroriy ekin ekish uchun ishsiz yoshlar va ayollarga 25 sotixdan yer maydoni bo‘lib berildi.
Tuman hokimi Nosir Mavlonov hamda sektorlar rahbarlari dala boshiga yig‘ilgan fuqarolarga berilayotgan yerdan unumli foydalanish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarib, sifatli oziq-ovqat, shuningdek, eksportbop mahsulot yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.


Qolaversa, yer ijara shartnomasini tuzish tartib qoidalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 8 iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirib berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM