Самарқанд тумагнида уч авлод учрашуви бўлиб ўтди

Jurnalist va blogerlar tumanda qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik borasidagi islohotlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi. Bu haqda ishtirokchilarga tuman hokimi Nosir Mavlonov ma’lum qildi.
Tumanda asosiy va takroriy ekin yer maydonlarida 12 695 gektar maydonga kishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilgan va yetishtiriladigan 143 941 tonna mahsulotlardan 40 019 tonnasi eksportga, 50 639 tonnasi qayta ishlashga, 10 258 tonnasi zaxiraga, 2780 tonnasi urug‘lik uchun hamda 28759 tonnasi ichki iste’molga yo‘naltirilmoqda.

Tumanimizda qayta ishlash va eksportyor korxonalarning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, ularni to‘la quvvatda ishlashini ta’minlash hamda talab etiladigan mahsulotlarini yetkazib berish maqsadidaqayta ishlash va eksportyor korxonalar bilan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida 1400 ta shartnoma tuzilib, 69 083 tonna shundan 9973 tonna sabzavot, 23 803 tonna meva hamda 35306 tonna uzum mahsulotlari etkazib berish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda.
Jurnalistlar kun davomida Maroqand Argo invest MCHJ tomonidan barpo etilgan intensiv bog‘da yetishtirilayotgan olma va boshqa mevalarning sifati, saqlanishi bilan ham tanishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM