7-Samarqand okrug saylov komissiyasining QARORI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining  10, 22-moddalariga  asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand saylov okrugi hududi bo‘yicha saylov uchastkalarining joylashuvi yuzasidan 2 ta shahar va 14 ta tuman hokimlarining taqdimnomalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand saylov okrugi hududida shahar va tumanlar taqdimnomalariga binoan saylov uchastkalari tuzilsin.
(Saylov uchastkalari ro‘yxati ilova qilinadi (https://drive.google.com/drive/folders/1pXFtY5e8S3nPb1mIxZXMxOeGwALIxLlB...))

  3. Ushbu qaror matbuotda e’lon qilinsin.
    
  Komissiya raisi               F.TOSHEV.
    2021 yil 24 avgust                 №6

(Saylov uchastkalari ro‘yxati, shuningdek, tuman, shahar gazetalari va boshqa manbaalarda e’lon qilinadi)

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM