“Obod mahalla” davlat dasturi doirasidagi ishlar tahlil qilindi

Ohalik mahallasidagi 18-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlandi.
Unda viloyat prokurorining o‘rinbosari Samandar Ostonov, tuman hokimi va sektor rahbarlari, sohaga aloqador tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda yo‘l masalasidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, mahallada olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sust bajarilishi tanqid ostiga olindi. Elektr simlarini to‘liq yangish, obodonlashtirish ishlarini jonlantirish zarurligi ta’kidlandi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM