Ta’limda tanaffus bo‘lmaydi

Ta’lim-tarbiya har bir jamiyatning ertangi kunini belgilovchi muhim jarayonlardan biri. Qaysi bir sohani olib qaramaylik, unda iqtidor, qobiliyat, inson tafakkuri va bilim tajribasi har qanday murakkab vazifani hal etishda muhim omil sanaladi.
Tumandagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Har bir ota-ona farzand tarbiyasi uchun mas’uldir” mavzusida ota-onalar va mahalla faollari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Yangi o‘quv yili oldidan tashkil etilgan ushbu tadbirda farzand oldidagi ota-onaning burchi, ota-onaning qadr qimmati, ustoz va yoshi ulug‘larga hurmat ko‘rsatish, kitob o‘qish baxt-saodat kaliti ekanligi, yurtimizga bilimli avlodni yetishtirish bu borada o‘qituvchi murabbiylar oldida turgan mas’uliyat hamda mamlakat mustaqilligining 30 yilligi davrida barcha sohada erishilgan muvaffaqiyatlar xususida so‘z yuritildi.
Yig‘ilishda maktab direktori To‘xtamurod Abdurashidov so‘zga chiqib, –o‘quvchilarning turli yot g‘oyalarga aralashib qolishining oldini olish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni darsdan keyingi fan va sport to‘garaklariga jalb etish hamda milliy qadriyat, urf-odat va hunarmandchiligimizning ko‘plab turlariga qiziqtirib borish masalalariga jiddiy e’tibor qaratishimiz lozimligi xususida to‘xtaldi. Bu borada barcha ota-onalar, mahalla faollarini doimiy hamkorlik qilishi zarurligini alohida ta’kidladi.

Iroda Orifjonova,
36-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
ijodiy-madaniy ishlar targ‘ibotchisi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM