Yangiariqda qanday muammolar bor? Masalani rahbarlar o‘rgandi

Bugun aholining farovon yashashi uchun har bir sohada tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Samarqand tumanida ham bu boradagi ishlar talaygina.
Tumandagi Yangiariq mahallasida o‘tkazilgan yig‘ilishda ana shu jihatlar bilan birga ayrim kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tildi. Unda tuman hokimi, Xalq qabulxonasi mudiri, tuman prokurori hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari va mahalla faollari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda aholi tomonidan kelib tushayotgan e’tirozlar tahlil qilindi. Nafaqat mahallada, balki tuman va viloyatda olib borilayotgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani tushuntirildi.
- Afsuski bu holatlarni ayrim fuqarolar noto‘g‘ri tushunishmoqda. Shu sababli ba’zi qonunbuzilish holatlarga yo‘l qo‘ymoqda, - dedi tuman hokimi.
Yig‘ilishda taklif va muammolar o‘rganib chiqildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM