Tumandagi ayrim korxona xodimlari lotin yozuvida yozolmaydi?

Samarqand tumani hokimligida tashkil etilgan matbuot anjumanida shu masala xususida so’z bordi.

Unda Samarqand tumani hokimining maslahatchisi Bunyod Yarashev Junalist va blogerlarga ma’lumot berdi.

Qayd qilinganidek, ishchi guruhi tomonidan 30 dan ortiq tadbirkorlik obyektlarining (oziq-ovqat do‘koni,dorixona, oshxona, xo‘jalik mollari do‘koni, go‘zallik saloni, poyabzal ta’mirlash ustaxonasi va h.k.lar) bino yuza qismidagi peshlavhalari va xizmat turi tushirilgan bannerlarining davlat tilida qanchalik to‘g‘ri yozilganligi va ma’naviy saviya jihatidan aholi ongiga qay darajada ta’sir etishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, o‘rganish jarayonida tadbirkorlik obyektlari peshlavhalarda xorijiy tildan keng foydalanilgan. Bu kamchiliklar bo‘yicha tadbirkorlarga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borilb, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat berilgan.

Afsuski yana bir jihat. Ushbu yo‘nalishdagi vazifalar ijrosi yuzasidan tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan ko‘plab tashkilotlarda zrganish ishlari olib borildi. Birgina Samarqand tumani Elektr ta’minoti korxonasida ish yuritish, hisob-kitob, statistika, moliya va boshqa rasmiy ish qog‘ozlari matnlarining davlat tilida yuritilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida, korxonada davlat tilida ish yuritish masalasiga umuman e’tibor qaratilmayotganligi, hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish mavjud qoidalarga tayanmasdan, ko‘r-ko‘rona ravishda yuritilayotganligi aniqlandi.

Xususan, hisob-kitob, statistika qog‘ozlarining rus tilida yuritilayotganligi, boshqa turdagi hujjatlarning barchasida imloviy xatolar mavjudligi va hatto, korxonaning rasmiy blankida xatolar uchraganligi achinarli hol, albatta.

Bundan tashqari barcha xodimlar o‘rtasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida diktant olish lozimligi aytilganda, jami 118 nafar xodimdan, faqatgina 9 nafari lotin yozuvida yoza olishi ma’lum bo‘ldi.

Shundan ko‘rinib turibdiki, korxona mas’ullari tomonidan davlat tiliga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va xodimlarga davlat tilida ish yuritishni o‘rganishlari targ‘ib qilinmagan.

Anjumanda bu boradagi kamchiliklarni oldini olish yuzasidan qilingan ishlar haqida m’lumot berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM