Saylov jarayonlarida kuzatuvchilarining huquq va majburiyatlari qanday?

Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi seminarda shular xususida so‘z bordi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tavsiya qilingan kuzatuvchilar ishtirok etdi.
Seminarda saylovga oid qonunchilik va saylov jarayonida vujudga keladigan turli masalalar to‘g‘risida ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilarining xuquq va majburiyatlari tushuntirib berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM