Hokim aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Samarqand tumani hokimi Nosir Mavlonov aholi bilan yuzma-yuz suhbatlashish, muammolarini o‘rganish, mahalla aholisi uchun yaratilgan qulayliklarni o‘rganish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tuman hokimi fuqarolarni, ayniqsa ayollar va yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, hunarmandchilikka jalb qilish, ishga joylashtirish, aholi bilan ishlashning mahallabay tizimi haqida gapirdi.
Muloqot chog‘ida fuqarolar mahalladagi mavjud muammolar, bandlik va bank krediti masalalari, Wi-Fi tarmog‘ini ishga tushirish yuzasidan murojaat qildi.
Shuningdek, ko‘rish imkoniyati cheklangan fuqarolarni yurtimizning tarixiy joylariga sayohatlarini tashkil etish takliflarini bildirishdi.
Barcha murojaatlar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

2015-2021 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM