Ayrim muammoning yechimi rahbar aralashuviga bog‘liq

Hozir har bir mahallada o‘ziga yarasha muammo, aholini esa qiynab kelayotgan masalalar talaygina. Ularning ayrimlarini joyida bartaraf etish mumkin. Ayrimlari esa ma’lum muddat talab qiladi. Aksariyat muammolar rahbarning aralashuviga bog‘liq ekanligini ham inkor etmaslik kerak.
Tuman hokimi va sektor rahbarlari bugun ana shunday murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Samarqand tumani Obod mahallasida yashovchi G.Axrorqulova mahallada noqonuniy qurilish ishlari olib borilgani to‘g‘risida murojaat qilgan. Mazkur masala tuman hokimligi va tegishli tashkilot mutaxassislari tomonidan bir necha bor o‘rganib chiqilib, tegishli tartibda ogohlantirish xatlari taqdim qilingan.
Hokim fuqarolar bilan suhbatda avtomobillar shinasini ta’mirlash ustaxonasi noqonuniy qurilganligini alohida ta’kidladi. Bu ishlar qonuniy sud tartibida olib borilganligini tushuntirdi. Mazkur avtomobillar shinasini ta’mirlash ustaxonasi tegishli tartibda javobgar hisobidan buzdiriladigan bo‘ldi.
Rahbarlar “Diyor” mahallasida ham xuddi shunga o‘xshash holatlarni o‘rgandi. Xususan, J.Vahobov tomonidan yo‘llangan murojaatda mahallada yashovchi Z.Abduraxmonov issiqxona qurish uchun o‘zboshimchalik bilan qo‘shimcha yer egallab olgani keltirilgan.
Bu masala ham atroflicha muhokama qilindi. Muammoning qonuniy yechimi topildi.

2015-2021 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM