Yoshlar master-klassda kamondan o‘q otdi

Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirishga katta e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
Samarqand tuman 1-son bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etilgan tadbir ushbu qaror ijrosini ta’minlashga qaratildi. 
Tuman Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan master-kalassga yoshlar jalb qilindi. Unda ushbu sport turining tarixi, yurtimizda rivojlanishi, sportchilarning musobaqalarda erishgan natijalari hamda kamondan otish ko‘nikmasi bo‘yicha tushunchalar berildi.
Tadbir doirasida yoshlar ushbu sport turi bilan amaliyotda shug‘ullanib ko‘rishdi.
Samarqand tuman Turizm va sport boʻlimi axborot xizmati

2015-2021 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM