Deputatlar DXMlar faoliyatini o‘rgandi: ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil qilindi, takliflar bildirildi

Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi deputatlari o‘z hududlaridagi davlat xizmatlari markazlarida bo‘lib, ularning aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyatini o‘rganishdi.

Deputatlar dastlab markazlarda fuqarolar va tadbirkorlarga yaratilgan qulayliklar, xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishdi, fuqarolar bilan suhbat qildi.

Markaz rahbarlari deputatlarga mavjud xizmat turlari, ularni olish tartibi va reglamenti haqida batafsil ma’lumot berdi.

Deputatlar o‘rganishlar davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatchilarga yanada keng imkoniyatlar yaratish borasida o‘z takliflarini bildirdi.

Tadbir davomida deputatlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda davlat xizmatlari ko‘rsatishda sifat va samaradorlikni yanada oshirish yuzasidan takliflar bildirilib, fikrlar almashildi. Deputatlar tumanning olis hududlariga ko‘rsatilayotgan sayyor davlat xizmatlarini ko‘paytirish lozimligini ta’kidladi.

2015-2021 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM