Ochiq muloqotda maktablarning ma’naviy muhiti muhokama qilindi

Tuman hokimiligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazilgan muloqotda umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosari Dilfuza Azizova, hokim maslahatchisi Bunyod Yarashev soha vakillari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga to‘xtalib o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, keyingi vaqtlarda umumta’lim maktablarida o‘tkazilayotgan tadbirlarning talab darajasida emasligi, unga rahbarlar panja ortidan qarayotganligi kuzatilmoqda. Shu bilan birga maktab o‘quvchilarning kiyinish madaniyati nazoratdan chetda qolmoqda. Dars vaqtlarida o‘quvchilarning telefondan foydalanishi ularning sifatli ta’lim olishiga jiddiy ta’sir o‘tkazishi tayin, deyildi muloqotda.
Muloqot davomida mazkur holatlarning oldini olish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun yetarlicha sharoit yaratib berish yuzasidan takliflar ham tinglandi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM