“Gulobod tongi” gazetasi sotuvga qo‘yildi

Samarqand viloyatida ilk bor hokimlik muassisligidagi gazeta xususiylashtirilmoqda.

Bugun, 16 oktyabr kuni “Zarafshon” gazetasida berilgan e’longa ko‘ra, (https://t.me/zarnews_uz/45679) mazkur gazeta sotuvga qo‘yildi. 

“Gulobod tongi” gazetasi Samarqand tumani hokimligi va xalq deputatlari tuman kengashining rasmiy nashri hisoblanadi. Gazetaning ustav fondi 338 million so‘m bo‘lib, davlat egaligi ulushi 100 foizni tashkil qilgan.

Mazkur nashr sotuvi elektron auksionlar orqali amalga oshirilishi aytilgan.

Auksionning savdo sanasi 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Auksionda har qanday yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishi ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun: gazeta 1957 yil noyabr oyidan "Samarqand haqiqati", 1962 yil avgustidan "Sharq tongi", 2004 yil may oyidan "Gulobod tongi" nomi bilan chiqa boshlagan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM