Samarqand tumanining 5 ta mahallasida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ertaga soat 11:00 dan 16:00 ga qadar aholini kuz-qish mavsumida barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “L-Afrosiyob” nimstansiyasidan chiquvchi “Zafarobod” fiderida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Badal, Talibarzui bolo, Talibarzui poyon, Chaman hamda Sho‘rboi mahallalarida elektr energiyasi uziladi.

Samarqand tuman elektr ta’minoti korxonasi mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM