6 ta mahallaga yangi kompyuter berildi

Mahalla tizimi jamiyatimizning eng muhim va tayanch bo‘g‘ini hisoblanadi. Shu sababli keyingi yillarda uni rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tumanimizdagi "Mirzo Ulag‘bek", Diyor, Qavchinon, Qavchinoni bolo, Yangiobod va Qo‘shko‘prik mahalla fuqarolar yig‘inlariga kompyuter jamlanmasi olib berildi. 
Tuman hokimi o‘rinbosari Shavkat Hasanov mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan berilgan kompyuter jamlanmalarini egalariga topshirdi. Bu boradagi ishlar mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritish uchun qulay sharoit yaratibgina qolmay, ish samaradorligini yaxshilanishiga xizmat qiladi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM