Har bir mahalla raisiga planshet berildi

Samarqand tumanida 74 ta mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatadi. Bugun tumanning aholisi 262 ming nafardan oshdi. Keyingi yillarda tumanimizda ushbu aholini qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda qishloq joylarda axoli uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilayotir. Shu boisdan davlatimizning kelajagi, taraqqiyoti, ravnaqi bilan bog‘lik bo‘lgan bunday ulug‘vor vazifalarning amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ham alohida o‘rin tutadi.
Ular ham o‘z hududlarida zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lsagina sifatli faoliyat olib borishi tayin. Shu maqsadda kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan jihozlar - kompyuterlar, planshet, noutbuk, nusxa ko‘chirish apparatlari va boshqa ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlanyapti. Bugun tuman hokimi va sektor rahbarlari har bir mahalla raislari bilan uchrashib, kelgusi vazifalar xususida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida har bir mahalla raisiga planshetlar topshirildi. Tadbir davomida kunlik, haftalik amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM