Til bilish dunyoni anglash demakdir

Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, ya’ni xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.
Samarqand tumanidangi 12-son bolalar musiqa va san’at maktabida "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirida yosh avlod qalbida ona Vatanga, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va muhabbatning yanada ortishi, uning nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib berildi.
Unda tuman hokimi, Xalq qabulxonasi mudiri, hokim o‘rinbosarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda milliy va jahon adabiyotini teran nigoh bilan o‘qishga qiziqish uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan sahna ko‘rinishlari, raqs, she’r, kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, o‘quvchilar tomonidan teatlashtirilgan spektakllar tashkil etildi. Shuningdek, o‘zining samarali mehnati bilan o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga munosib hissa qo‘shgan o‘qtivchilar tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2015-2021 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM