Targ‘ibot tadbirlari olib borildi

Samarqand tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan joriy yilning 26-oktabr kuni tumandagi tadbirkorlik sub’ektlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktyabrdagi “Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida targ‘ibot tadbirlarini olib bordi. 
Mazkur olib borilgan tadbirlar jarayonida har bir tadbirkorlik sub’ektlarida ekologik to‘lov va qarzdorliklarni undirish bo‘yicha hamda faoliyat davomida ekologik qoidalarga amal qilish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi. 

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM