Davlat organlari va tashkilotlarining 28 nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, 33 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi

Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining qirq uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, deputatlar tomonidan sessiya kotibi tasdiqlandi. Shundan so‘ng Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudi, Fuqarolik va Iqtisodiy sudlar tomonidan 2021 yilning uchinchi choragi davomida odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlarning natijadorligi to‘g‘risidagi axborotlar tinglandi.

Shuningdek, Samarqand tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i N.Safarovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi Formoniga muvofiq 2021 yil uchinchi choragi davomida tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axborot eshitiladi.

Ta’kidlanganidek, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish sohasida Samarqand tuman adliya bo‘limiga 168 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 75 tasi yoki 45 foizi qanoatlantirildi. 45 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi. 12 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun mas’ul tashkilotlarga yuborildi hamda 36 tasi ko‘rib chiqish jarayonida.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish, o‘tkazilgan o‘rganish va monitoring natijalariga ko‘ra aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida 68 ta taqdimnoma va sudlarga 84 ta da’vo arizalar kiritildi.

Ushbu arizalarni sudlar tomonidan ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, tuman sanitariya epidemiologiya xizmati xodimlarining ish haqi ustamalari undirib berildi yoki pensiya yoshidagi shaxslarning ish stajlarini hisobga olinishi, bir nafar fuqaroga esa farzandiga tug‘ilganlik guvohnomasini olib berilishi ta’minlandi. 

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida davlat organlari va tashkilotlarining 28 nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, 33 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Sessiya davomida shuningdek, Samarqand tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri Sh.Voseyevning 2021 yilning uchinchi choragi bo‘yicha tuman mahalliy byudjet parametirlarining ijrosi hamda tuman mahalliy byudjet daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM