Gaz ta’minotida uzilishlar bo‘lmaydi

Bugungi kunda tumanda 22 218 ta xonadon va 319 ta ulgurji iste’molchilar mavjud bo‘lib, 7 ta GTS lar orqali tabiiy gazdan foydalanib kelmoqda. 
"Hududgaz Samarqand", "Samarqantumangaz"  tuman  gaz ta’minoti bo‘limidan olingan ma’lumotga ko‘ra, agar 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumida 7 ta GTS lar orqali soatiga 28 ming 500 metr kub tabiiy gaz yetkazib berilsa, ularni bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash imkoni tug‘iladi. Ana shu maqsadda 1-sektorga qarashli aHoli va ulgurji iste’molchilarni uziluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash Hamda gaz bosimini yaxshilash borasida ayni damda Super qo‘rg‘onidagi "Samarqand-2" GTS ning sanoat tuguniga ulangan 219 mm.li gaz quvurini sanoat tugunidan chiqarib, 100 metr oldindan ulash ishlari olib borilmoqda. 
Ma’lumki, 2013 yildan boshlab tabiiy gaz ta’minotida yetishmovchiliklar yuzaga kela boshlanganligi sababli GTS lardan uzoqda joylashgan maHalla xonadonlari va ulgurji iste’molchilarni bosqichma-bosqich suyultirilgan gaz ballonlariga o‘tkazish boshlangandi.
Hozirgi vaqtda tumanning 60 ta maHallasidagi 31 541 ta xonadon grafik asosida suyultirilgan gaz bilan ta’minlanib kelinmoqda. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 3525 tonna limit ajratilgan bo‘lib, amalda aHoliga 3753,3 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.  
Birgina o‘tgan sentyabr oyida limitdagi 426,9 tonna o‘rniga 428,7 tonna suyultirilgan gaz maHallalarga tarqatildi. Qayd etish lozimki, Har bir gaz balloni me’yor bo‘yicha 20 kilogramidan belgilangan bo‘lib, narxi 22 ming 400 so‘mni tashkil etadi. Mavsum boshidan buyon aHoliga ijara asosida 26949 dona gaz ballonlar (tara) taqsimlanib, aHolining o‘z mablag‘lari tomonidan sotib olingan 13463 dona ballonlar Hisobiga jami gaz ballonlari soni 40412 donaga yetkazildi.
- Suyultirilgan gaz yetkazib berish asosan 1 ta GNS va 1 ta GNP orqali amalga oshiriladi. Buning uchun 5 ta maxsus ISUZI avtomashinalari tashkilotimizda mavjud, - deydi "Hududgaz Samarqand", "Samarqan-tumangaz" tuman  gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i A.Hamroyev. - Qisqa qilib aytganda, bu yilgi mavsumda gaz ta’minoti uzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Toshpo‘lod YUSUPOV.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM