3 ta maktabning o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etildi

Viloyat ta’lim inspeksiyasi va Samarqand tumani xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda saylanma tarzda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Kunning ikkinchi yarimida viloyat hokimining o‘rinbosari X.Ochilov raisligida tumandagi 89 nafar maktab direktorlarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayoni holati atroflicha muhokama etildi. Yig‘ilishda viloyat ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i Gʻ.Boboxolov, tuman hokimining o‘rinbosari D.Azizovalar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ta’lim sifatini ko‘tarishda pedagogik kadrlar salohiyati, 2020-2021 o‘quv yilidagi pedagog xodimlarning attestasiyasi natijalari, maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari toifalarining tahlili to‘g‘risida so‘z yuritildi. Shuningdek, darsliklar bilan ta’minlash ahvoli va boshqa masalalar atroflicha tahlil etildi. Saylanma tarzda o‘rganilgan 13, 32, 35-umumta’lim maktablarida olib borilayotgan ishlar talab darajasida emas deb topildi. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun ushbu maktablarning o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM