Samarqand tumanida 701 gektar yer maydoni shudgor qilindi

Mo‘l hosil yetishtirishda kuzgi shudgorning ahamiyati katta. Zero, sifatli o‘tkazilgan kuzgi shudgor kelgusi yil hosiliga puxta zamin yaratadi.
Yerlarni sifatli va yuqori unum bilan shudgorlashga erishish uchun traktor, pluglar oldindan ishga shay holga keltirilishi va sozlanishi, dalalar esa haydovga tayyorlangan bo‘lishi, haydov to‘g‘ri tashkil etilishi hamda uning sifati doimiy nazorat ostida bo‘lishi lozim.
Mazkur muhim agrotexnik tadbirlarni inobatga olgan holda amaliy seminar tashkil etildi. Tumandagi “Chorva sut servis” fermer xo‘jaligi dala maydonida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, klaster korxonasi, fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdi.
Joriy yilda Samarqand tumanida 1 ming 561 gektar yer maydonida kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bir kunda o‘rtacha 86 gektar yer shudgor qilinadi. Mavsum boshidan beri 701 gektar yer maydoni sifatli tarzda shudgor qilindi. Seminarda shu kabi vazifalarni tez va qisqa muddatlarda yakunlash, yerni belgilangan chuqurlikda haydash bilan bog‘liq masalalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Kun davomida amaliy ishlar ham bajarildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM