Texnikadan foydalanish qoidalarini buzganlarga nisbatan chora ko‘rildi

Inspeksiyaning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, meliorasiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida monitoring tadbirlari o‘tkazilmoqda. 


Inspeksiyaning tuman bo‘limi va tuman IIB YHXB bilan hamkorlikdagi rejaga asosan, xhar xaftaning Payshanba kunlari qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazish an’ana tusini olgan.
Navbatdagi tadbir davomida qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish qoidalarini qo‘pol tarzda buzganlar aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi va huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanildi.
Dilshod RO‘ZIMURODOV,
Inspeksiyaning Samarqand tuman bo‘limi katta inspektori

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM