Samarqand tuman prokuraturasida “Faxriylar bog‘-alleyasi” tashkil etildi

Keyingi vaqtlarda ayrim joylarda manzarali va mevali daraxt ekish o‘rniga, borini ham o‘z manfaati yo‘lida beayov kesib foydalanayotganlar uchrab turibdi. Oqibatda o‘simlik va hayvonot dunyosi jiddiy zarar ko‘rmoqda. Xalqimizning “Bir tup daraxt kessang, yuz tup ko‘chat o‘tqaz”, degan purmano naqli bejiz aytilmagan. Shuni inobatga olgan holda har bir tashkilot xodimlari o‘z faolligini ko‘rsatishmoqda. 
Samarqand tuman prokuraturasida tashkil eilgan tadbirda ana shu maqsadlar ustivor bo‘ldi. Unda sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritib, bugun keksalik gashtini surayotgan prokuratura xodimlari va yosh kadrlar ishtirok etdi.


-  Xabaringiz bor hududlarda ko‘plab manzarali qimmatbaho daraxtlar shikastlantirilib, kesib tashlanmoqda, - deydi tuman prokurori Ulug‘bek Muhammadiyev. - Moratoriy talabi afsuski  ayrimlarga haliyam yetib bormayapti. Shu boisdan mazkur ishlarda avvalo, prokuratura xodimlari o‘rnak bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman. Tashkil etilgan tadbirning asl maqsadi ham shundan iborat.


Bog‘ yaratish jarayonida soha vakillari hududga manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi. Shundan so‘ng faxriylar mas’uliyatli va mashaqqatli kasb egalariga o‘zlarining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdi. Ushbu tizimda munosib faoliyat yuritishini tilab duoga qo‘l ochdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM