480 dan ziyod xorijiy tillarda va imloviy xatolar bilan yozilgan tashqi yozuvlar tuzatildi

Samarqand tumanida “Davlat tili 10 kunligi” doirasida tashqi reklama vositalarini davlat tili meʼyorlariga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tumanning barcha mahallalarida hududiy profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va soliq idorasi xodimlaridan iborat ishchi guruhi shakllantirilib, tashqi reklama, peshlavha, narxnoma va boshqa axborot matnlarining davlat tilida yuritilishi bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi.


Targ‘ibot ishlari natijasida 480 dan ziyod xorijiy tillarda va imloviy xatolar bilan yozilgan tashqi yozuvlar tuzatilishiga erishildi.

Bunyod YARASHEV,
Samarqand tumani hokimi maslahatchisi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM