Bir kunda 2000 ga yaqin daraxt ekildi

Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan sanaladi. Ko‘chat o‘tqazgan bilan u ko‘karib qolmaydi. Yosh niholga alohida e’tibor zarur. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib, Samarqand tumani hokimi Nosir Mavlonov va sektor rahbarlari Samarqand tumanidagi turizm markazi artofida ekilayotgan manzarali daraxtlarning parvarishiga yil davomida alohida e’tibor qaratilishini ta’kidladi.


Shuning barobarida turizm markazi atrofidagi umumiy maydoni 30 gektar bo‘lgan yerga ekilishi mo‘ljallangan 3000 tup archa va 6000 tup pavlovniya daraxtlarini ekish ishlariga bosh bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar hududlar qiyofasini obod etish barobarida, tabiatni asrash, ekologik musaffolikni ta’minlashga ko‘mak berishi bilan ahamiyatlidir.


Kun davomida 200 ga yaqin archa va 1700 ga yaqin pavlovniya daraxti ekildi. Mazkur ishlar davom etmoqda.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM