Endilikda xorijga chiqish biometrik pasportlarini davlat xizmatlari markazlaridan ham olish mumkin

2022 yil 1 yanvardan boshlab, bir qator xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilishi belgilangan. Bu haqda DXA xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish muqobil ravishda (ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda) Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshiriladi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari tashkil etadi. (Ma’lumot uchun: ushbu to‘lov miqdori avval BHMning 1,2 baravari bo‘lgan)

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish xizmati joriy etilgan Davlat xizmatlari markazlari RO‘YXATI.

2022 yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich barcha Davlat xizmatlari markazlarida ushbu imkoniyatni yaratish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Davlat xizmatlari markazlarida xizmatlar eksterritoriallik tamoyili asosida (ro‘yxatda turgan joyingizdan qat’iy nazar)  taqdim etiladi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM