Dashtiobodda rahbar va yoshlar uchrashdi

Samarqand tumanidagi Dashtiobod mahallasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tumani hokimning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Azizova, tuman prokuraturasi, soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi. 
Uchrashuv davomida mahalla yoshlarini ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish va kichik biznes uchun kreditlar olish masalalarida murojaatlari tinglandi va bu borada duch kelayotgan muammolari atroflicha o‘rganilib ijobiy hal qilinishiga erishildi.
Bu kabi uchrashuvlar tasdiqlangan reja asosida boshqa mahallalarda ham o‘tkazilib boriladi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM