2021 yil davomida “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzurida tashkil qilingan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga 2 milliard 875 million so‘m homiylik mablag‘lari yo‘naltirildi

Matbuot uyida tashkil etilgan navbatdagi matbuot anjumanida tumanda 2021 yil davomida fuqarolar manfaatini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida so‘z bordi.

Unda tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Firdavs Gʻaniyev ishtirok etdi.

Takidlanganidek, 2021 yilda tumanda iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga katta e’tibor qaratildi. Xususan yil davomida “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzurida tashkil qilingan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga 2 mlrd 875 mln. so‘m miqdorida homiylik mablag‘lari yo‘naltirildi. Kelib tushgan mablag‘lar hisobidan pandemiya sharoitida “Temir daftar”ga kiritilgan muhtoj oilalarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshirildi.

Shu bilan bir qatorda, boquvchisini yo‘qotgan 269 nafar, 1-guruh 103 nafar, 2-guruh 121 nafar hamda 68 nafar qaramog‘ida nogironligi mavjud jami 561 nafar xotin-qizlarga EKOIH 4 baravaridan jami 549,7 mln. so‘mlik bir martalik moddiy yordam ajratildi.

Bundan tashqari, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni moddiy qo‘llab quvvatlash bilan bir qatorda ularning mehnatga layoqatli a’zolarini doimiy kafolatlangan ish joylariga ishga joylashtirish masalasiga katta e’tibor qaratmoqdamiz.

Bugungacha “Temir daftar”dagi 2 454 ta kambag‘al oilalar ro‘yxati shakllantirilib, “temir daftar”ga kiritilgan edi. O‘tgan davrda sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar hamda homiylar tomonidan ko‘rsatilgan ko‘maklar va amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2 373 ta oilalar xalq deputatlari tuman Kengashlarining qarorlari asosida “temir daftar”dan chiqarilgan. Bugungi kunda 81 ta oila (318 ta oila a’zolari) “temir daftar”da ro‘yxatda turibdi.

 Anjumanda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM