Viloyat hokimi o‘rinbosari Samarqand tumanida bo‘ldi

Bugun viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov Samarqand tumanida bo‘lib, tumanda ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan joyida tanishdi.
Xususan, Talibarzu mahallasida “Mahallabay yoshlar balansini shakllantirish“ bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, bu borada har bir soha rahbarlarining vazifalari to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.
Shuningdek, 41-umumta’lim maktabida qishki ta’tilda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda 5 ta muhim tashabbus doirasida  tashkil qilingan to‘garaklar, sport mashg‘ulotlariga jalb etish borasidagi ishlar, ular uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.


Kun davomida tumandagi Saxovat, Arabxona, Nurafshon, Xishrav mahallalaridagi sport to‘garaklari va murabbiylar sonini ko‘paytirish, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish maqsadida bepul sport to‘garaklariga bolalar qamrovini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Kun davomida tumandagi Saxovat, Arabxona, Nurafshon, Xishrav  mahalla yoshlari uchun tashkil qilingan sport to‘garaklari jarayonlari bilan ham tanishib, sportchilar ularning murabbiylari bilan suhbatlashish bilan birga yoshlarning  muammo va takliflarini o‘rgandi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM