Ekinlarni tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish orqali hosildorlikni 70 foizgacha oshirish mumkin

Samarqand tumanida 2022 yil qishloq xo‘jaligi tizimida samarali hosildorlikka erishish, mahsulotlarni yetishtirishda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orishni joriy qilish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Unda sohaga aloqador tashkilot rahbarlari, fermer xo‘jaligi raislari va dehqonlar ishtirok etdi. Unda fermerlarga tomchilatib sug‘orishning afzalliklari, uni joriy qilgan tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Seminarda “Agro Boss Irrigation” kompaniyasi vakillari tomonidan tomchilatib sug‘orishga mo‘ljallangan texnikalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Qayd etildiki, kompaniya uzum va yong‘oq bog‘larini sug‘orish bo‘yicha suvni tejovchi texnoloniyalarni joriy qilgan holda tizimni to‘liq ishga tushirish ishlarini bajaradi. Mazkur sug‘orish tizimida ishlatiladigan lateral quvurlar uzoq muddat xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Ko‘rgazmada har xil nishabliklarda va tekis dalalarda foydalanish uchun mos bo‘lgan bosimga moslashgan tomchilatib sug‘orish quruvlari haqida keng ma’lumot berdi.

Bundan tashqari fermerlarga tomchilatib sug‘orish tizimi orqali suv resurslarini tanqislik sharoitda kam sarflab ko‘p hosil olinishi, ekinlarning hosildorligi 70 foizgacha ortishi va mahsulot sifati yaxshilanishi, suvning o‘simlik tagiga to‘g‘ridan to‘g‘ri berilishi, tuproq qotmasligi va mavsumdan so‘ng oson haydalishi haqida ham tushuncha berildi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM