Ilk qabul Diyor mahallasida bo‘ldi

Tuman hokimi va sektor rahbarlari Diyor mahallasida fuqarolarni qabul qildi.
Joriy yilda o‘tkazilgan ilk qabulda asosan elektr energiyasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish, kadastr masalalari shuningdek, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtiri borasidagi ishlar keng muhokama etildi. Har bir murojaat tegishli tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklatildi.


Qabul davomida mahallaning ichki ko‘chalarini obod qilish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
-  Diyor mahallasining Toshkent, Samarqand, Bog‘ibaland va Jarkent ko‘chalarini obodonlashtirish, yo‘llarni ta’mirlash ishlariga katta e’tibor qaratiladi, - dedi hokim. – Bundan tashqari ichki ko‘chalar ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Yo‘llarga o‘rnatilgan svetoforlar oldida piyodalar o‘tish chizig‘i bo‘lishi shart. Bu aholi xavfsizligining kafolatidir.
Shuningdek, elektr simlari, aloqa liniyalari ta’mirlanishi, mahalla hududi obodonlashtirilishi, mahalladagi ariq va zovurlar tozalanishi, turli noqonuniy reklama bannerlari tartibga keltirilishi yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM