8 nafar fuqaro muddatidan oldin ozod etildi

Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi T.Bayzakov, Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari, fuqarolik, iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Z.Allabayev, Sh.Mamadiyarov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining raisi N.Rajabov, Samarqand tuman hokimi v/b F.Ganiyev, Samarqand tuman prokuror yordamchisi R.Xusenovlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda 20 ga yaqin fuqaro murojaat qildi.
Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan qabulda aholi muammolarini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli muttasadilarni jalb qilgan holda Samarqand tumanida yashovchi fuqarolarning muamolarini hal qilish,  tuman IIB Probatsiya guruhida hisobda turuvchi fuqarolarni jazoni o‘tash davrida mehnatga halol munosabatda bo‘lganligi sababli ularni O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan jazodan shartli ravishda ozod qilish masalalari ustivor bo‘ldi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Murodov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Samarqand tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. 
Shundan so‘ng Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari jinoyat ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi T.Bayzakovga Samarkaand tumani Diyor mahallasida yashovchi M.M sotib olgan uy-joyi hozirda buzilayotganligini bildirib murojat kilishdi. Viloyat sudi raisining o‘rinbosari qonuniy hukularini  tushuntirdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining raisi N.Rajabov sayyor sud majlisi o‘tkazib, 10 nafar fuqarolar, shulardan tuman IIB probatsiyada hisobda turuvchi 8 nafar fuqaro jazoni ijro etish davomida mehnatga halol munosabatda bo‘lganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin jazodan shartli ravishda ozod etildi. Qolgan 2 nafar ma’muriy huquqbuzarlarning ishlari ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 271-moddasi 11-bandigga asosan tugatildi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM