“Diyor” obod go‘shaga aylanadi

Diyor mahalla fuqarolar yig‘ini 2-sektor hududida joylashgan. Mahallaning maydoni 61,18 gektarni tashkil etib, 358 ta xonadon joylashgan. Aholisi 2273 nafar. Shundan 1073 nafari ayollar, 1400 nafari 30 yoshgacha yoshlar, 20 nafari nogironlar hamda 182 nafarni pensionerlar tashkil etadi. Mahallada ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar soni 9 tani tashkil qiladi.
Ushbu fuqarolarning bugunidan rozi bo‘lib, ertangi kuniga umid bilan yashashi uchun mahallada ulkan o‘zgarishlarga qo‘l urildi. Xususan, tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari qatori “Diyor” mahallasi hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chalarni ta’mirlash, elektr va gaz ta’minotini yaxshilash, aholining tomorqalaridan unumli foydalanish va daromad olishlariga erishish, bir so‘z bilan aytganda hududlar qiyofasini o‘zgartirishga bel bog‘landi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 15 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimi Nosir Mavlonov tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berdi.
Shu asosda “Diyor” mahallasi qiyofasini o‘zgartirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, mahallaning ichki ko‘chalarini obod qilishga kirishildi. Maxsus texnikalar jalb qilingan holda yo‘llarga qum-shag‘al yotqizish ishlari olib borilmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM