Tabiiy va suyultirilgan gaz istemoli, bunda aholining qonuniy manfaatlari himoya qilinyaptimi?

Tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida shu xususida fikr almashildi.
Unda “Samarqandtumangaz” gaz  ta’minoti  bo‘limi boshlig‘i Suxrob Boboyev ma’lumot berdi.
Bugungi kunda Samarqand tumanida 54 ming 074 ta gazlashgan xonadonlar mavjud. Shundan 22 ming 500 ta xonadon tabiiy gaz bilan, 31 ming 574 ta xonadon esa suyultirilgan gaz bilan ta’minlanib kelinmoqda.
Aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, ularning gazga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, o‘tgan 2021 yilda 4 dona gaz taqsimlash punktlari mukammal ta’mirlandi. 508 dona gaz taqsimlash punktlari taftishdan o‘tkazildi. Shuningdek, 76,5 km.tarmoqlar bosim ostida sinalib, 17,2 km. yer osti gaz quvurlari tekshirildi.
-  Joriy yilning yilning yanvar oyida 519,8 tonna gaz aholiga yetkazib berildi, - dedi  Suxrob Boboyev. - Shu bilan birga joriy yilning 25 yanvar kuni Samarqand viloyatida elektr-energiya ta’minotida uzilishlar bo‘lganligi sababli viloyat aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida sanoat tugunlaridagi ulgurji ist’yemolchilar tabiiy gaz ta’minotidan to‘xtatilib, tabiiy gaz ta’minoti aholi va ijtimoiy sohalarga yo‘naltirildi. Viloyatda tabiiy gaz ta’minoti tanqisligi bo‘lgan aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz mahsuloti bilan ta’minlash uchun 2 ta GTS hamda 5 ta ISUZI avtomashinalaridan foydalanish yo‘lga quyildi.
Ajumanda korxona rahbari shu kabi ishlarning olib borilishi hozirgi kunda ham keng ko‘lamda davom ettirilayotganini ta’kidladi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM