Samarqand tumanida 100 yoshdan oshgan daraxtlarga tabiiy yodgorlik maqomi berilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxt va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruhsat berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 43-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 15 martdagi 115-sonli buyrug‘iga asosan “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxt va butalarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha” metodik qo‘llanmasiga ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan bugun viloyatda 100 yoshdan katta bo‘lgan daraxtlarni aniqlash va ularni davlat himoyasiga olish ishlari amalga oshirilib borilmoqda.

Yaqinda, Samarqand tumani “Mironqul” MFY tog‘li hududida 1 tup qariib 450 yoshli tut daraxti aniqlandi.

Ayni paytda, ushbu daraxtga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomi berish uchun tuman hokimligiga mahsus xat orqali takliflar kiritildi va hozirda mazkur takliflar asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM