Samarqand tumanida namunaviy uylarga nom berildi

3-sektor hududiga qarashli Nayman mahallasida joylashgan namunaviy uylarga mahalla raisi, hokim yordamchisi faolligida Shodiyona, Meros, Nurli zamin, Bashariyat, Pahlavon Mahmud nomlari berildi. 
Ushbu nomlar respublika ekspertizasidan o‘tkazilgan bo‘lib, uylarni raqamlashtirishda zamonaviylik va milliylikni uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa namunaviy uylarga kelgan tez tibbiy yordam, uzoq va yaqindan keladigan mehmonlar uchun xonadonlarni topishda qulaylik yaratadi.


Mahalla ahli bundan minnatdor.

Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM