Samarqand tumanida ishlab chiqarish hajmi oshmoqda

2021 yilda Samarqand tumanida ko‘plab sohalarda o‘sishga erishildi. Masalan, sanoat korxonalarida ishlab chiqarish hajmi 1 746,5 mlrd. so‘mga ko‘tarilib, o‘sish sur’ati 114,1 foizni tashkil etdi. Shuningdek, xizmatlar hajmi 1 172,6 mlrd. so‘mga ko‘tarildgan. O‘sish sur’ati 117,1 foizni tashkil qildi. Chakana tovar aylanmasi 1 027,0 mlrd. so‘m, o‘sish sur’ati 122,5 foiz, qurilish ishlari hajmi 503,0 mlrd. so‘m, o‘sish sur’ati 123,5 foiz, asosiy kapitalga investisiyalar hajmi 2 846,4 mlrd.so‘mlik o‘sish sur’ati 221,8 foiz hamda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 102,5 mlrd, so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, aholi jon boshiga 9 986,9 ming. So‘mdan to‘g‘ri kelmoqda. 
Bu haqda Samarqand tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev navbatdagi o‘tkazilgan ochiq muloqotda ma’lumot berdi.
-  Bu ko‘rsatkichlarni 2022 yilda yanada oshirgan holda tumanda iqtisodiy o‘sishni rejalashtirib olganmiz, - dedi F.Gʻaniyev. - Ya’ni, umumiy byudjet daromadlarini 2022 yilda 512,0 mlrd. so‘mga, shundan mahalliy byudjet 84,7 mlrd. so‘mga yetkaziladi. 2022 yilda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari hajmi 6,5 mln. so‘mdan, 7,7 mln. so‘mga (117,5foizga), xizmatlar hajmi esa 1,5 mln. so‘mdan, 5,7 mln so‘mga (121,2foizga), qishloq ho‘jaligi sohasida 6,3 mln. so‘mdan, 13,1 mln. so‘mga (119,9foizga) yetkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, qiymati 3 825,3 mlrd so‘mlik 75 dan ortiq investisiya loyihalari amalga oshiriladi. Xususan, sanoatda 415,8 mlrd. so‘mlik 28 ta loyihalar va xizmat ko‘rsatishda 3 346,9 mlrd. so‘mlik 25 ta loyihalar ishga tushiriladi.
Ishlab chiqarish va tuman aholisining bandligini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi yana bir omillardan biri bu xususiy sektor rivojidir. Ya’ni, doimiy daromadga ega bo‘lmagan 303 tadan ortiq aholiga 179 gektar g‘alladan qisqargan maydonlar uzoq muddatga ijaraga beriladi.
Muloqotda sha va boshqa masalalar muhokama qilindi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM